Fransiyalik ishbilarmon Klod Imoven “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Sentabr 24, 2026. 19:00 • 56 soniya
• 169
PARIJ, 24-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, “MEDEF International” huzuridagi Fransiya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Klod Imovenga “Do‘stlik” ordeni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur taqdirlash marosimi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.
Klod Imoven O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
U yuksak davlat mukofoti uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu e’tirofni ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yuksak ifodasi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
Klod Imoven kelgusida ham O‘zbekiston–Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, fransuz kompaniyalarining o‘zbek bozoridagi ishtirokini kengaytirish hamda o‘zaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashishini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi