Pokistonda o‘tayotgan “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasida Islomobodda fleshmob-aksiyasi o‘tkazildi

Sentabr 01, 2026. 12:30 • 2 daq

15
Pokistonda o‘tayotgan “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasida Islomobodda fleshmob-aksiyasi o‘tkazildi
Pokistonda o‘tayotgan “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasida Islomobodda fleshmob-aksiyasi o‘tkazildi
Pokistonda o‘tayotgan “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasida Islomobodda fleshmob-aksiyasi o‘tkazildi

ISLOMOMOD, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan Pokistonda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasida Islomobod shahridagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazlardan biri – “Centaurus Mall”da fleshmob-aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ashula va raqs ansambli taklif etildi hamda ular tomonidan milliy o‘zbek raqslari, qo‘shiqlari va xorijiy mamlakatlarning jumladan, Pokiston ko‘y va qo‘shiqlari ijro etildi.

Fleshmob aksiyasida Pokistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar vakillari, jumladan, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kuba, Rossiya elchilari va diplomatlari, vatandoshlar va yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Pokiston jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbek milliy kuy va qo‘shiqlari yangragan madaniy chiqish chog‘ida tomoshabinlar ham sanʼatkorlarga jo‘r bo‘lib raqsga tushib, do‘stlik va birlik muhitini yaratishdi. Mahalliy aholi, jurnalist va blogerlar tomonidan olingan fotosuratlar va videolar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Pokiston vakillari o‘zbek xalqining boy madaniy merosini eʼtirof etish barobarida, mamlakatimiz aholisini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

“Islomobod shahrida o‘tkazilgan ushbu fleshmob-aksiyada ishtirok etganimdan g‘oyat mamnunman. O‘zbekiston xalqining milliy g‘ururi, boy madaniyati, mehmondo‘stligi va vatanga bo‘lgan yuksak muhabbati menda katta taassurot qoldirdi.

Qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va yuksak taraqqiyot tilayman. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik rishtalari yana-da mustahkamlanib, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy va insonlararo aloqalar tobora rivojlanaversin. Yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin”, – dedi Ihsan G‘aus fleshmob qatnashchisi.

Islomobod shahridagi eng yirik savdo va ko‘ngilochar markazlardan biri – “Centaurus Mall”da o‘tkazilgan fleshmob O‘zbekistonning ijobiy imijini mustahkamlash, qardosh Pokiston xalqi bilan do‘stlik va birodarlik rishtalarini yana-da kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Pokistonda “O‘zbekiston turizm kunlari” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish