Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida mustaqillik bayrami nishonlandi

Sentabr 12, 2026. 12:00 • 2 daq

165
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida mustaqillik bayrami nishonlandi

SANKT-PETERBURG, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda ushbu shaharda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston diplomatlari milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni qadrlash hamda mamlakatning kelgusi taraqqiyotida yoshlarning alohida o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Rossiya davlat pedagogika universiteti O‘zbek madaniyati markazi direktori Asel Rashidova tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. U O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, universitetning Toshkent filiali faoliyati hamda “Klass!” va “Malish” qo‘shma taʼlim loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Talabalar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda Yangi O‘zbekistonda yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida turli ko‘rgazmali chiqishlar qildi. Namoyishlarda mamlakatning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sport va madaniyat sohalaridagi yutuqlari qayd etildi.

Bayram munosabati bilan Bosh konsulxona tashabbusi bilan “Yil talabasi” tanlovi, esse hamda foto va videolavhalar tanlovi tashkil etildi. Tashkilotchilar eng faol 10 nafar talabani aniqlab, ularga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbir yakunida talabalar mustaqil O‘zbekiston tarixi bo‘yicha viktorinada ishtirok etdi. Milliy taomlar tortilgan bayram dasturxoni mehmonlarga manzur bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish