Qozog‘istonda Senatning so‘nggi majlisi bo‘lib o‘tdi
Iyun 29, 2026. 19:30 • 2 daq
• 108
OSTONA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Ostona shahrida Qozog‘iston Parlamenti Senatining yuqori palatasining 30 yillik tarixini yakunlagan so‘nggi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga tayanib.
Senat raisi Maulen Ashimbayevning aytishicha, 1-iyuldan boshlab amaldagi ikki palatali parlamentning vakolatlari yangi Konstitutsiyaga muvofiq to‘xtatiladi.
Avgust oyida mamlakatda yangi bir palatali parlament – Qurultoyga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shunday qilib, Qozog‘iston 1995-yildan beri amalda bo‘lgan ikki palatali parlament tizimidan qonun chiqaruvchi hokimiyatning yangi modeliga o‘tadi.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, Senatning o‘ttiz yillik faoliyati davomida 890 dan ortiq yalpi majlislar o‘tkazilgan, 3,5 mingdan ortiq qonunlar qabul qilingan, turli yillarda 246 kishi yuqori palata deputati bo‘lgan.
Fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan Hukumatga uch mingga yaqin deputat so‘rovi va ularni hal etish bo‘yicha takliflar yuborildi. Ushbu ishlar davomida senatorlar doimo xalq manfaatlari va davlat yondashuvidan kelib chiqqan holda ish olib bordi”, – dedi Maulen Ashimbayev.
Spiker deputatlar, apparat xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga hamkorlikdagi ishlari uchun minnatdorlik bildirib, yangi parlamentning bo‘lajak saylovlardan keyin muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga umid bildirdi.
“Kazaxstanskaya pravda” gazetasi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi