Shveysariya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Iyun 29, 2026. 20:23 • 57 soniya

57
Shveysariya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mamlakatimizda besh yillik diplomatik missiyasini yakunlayotgan Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Unga O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz.

Janob elchiga kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyat tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 7-mayda o‘rnatilgan. Konstantin Obolenskiy 2021-yil 25-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistondagi elchi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan.

“Dunyo” AA surati.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish