Qozog‘istonda Qurultoy deputatlari saylovlarining dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Avgust 24, 2026. 15:00 • 2 daq
• 188
OSTONA, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Qurultoy deputatlari saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” XAAga tayanib.
MSK kotibi Shavkat Utemisov saylovchilar ro‘yxatiga 12 million 623 ming 289 kishi kiritilganini maʼlum qildi. Ovoz berishda 9 million 351 ming 539 nafar fuqaro ishtirok etib, dastlabki ko‘rsatkich 74,08 foizni tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, “Adilet” partiyasi 6 million 528 ming 948 ovoz yoki 71,17 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
Umummilliy sotsial-demokratik partiya 469 ming 58 ta (5,11 %), “Ovul” partiyasi 574 ming 621 ta (6,26 %), “Respublica” esa 509 ming 631 ta (5,56 %) ovoz oldi.
Qozog‘istonning “Aq jol” demokratik partiyasi 478 ming 83 ovoz yoki 5,21 foiz ovoz to‘pladi. Qozog‘iston Xalq partiyasi 285 ming 395 ovoz (3,11 %) oldi. Yashillarning “Baytaq” partiyasi 97 ming 751 yoki 1,07 % ovoz to‘pladi.
Bundan tashqari, saylovchilarning 2,51 foizi hammaga qarshi ovoz bergan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi