Xitoy va O‘zbekiston hamkorlikda “4+0” qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirishni rejalashtirilmoqda
Sentabr 21, 2026. 09:30 • 1 daq
• 74PЕKIN, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Pekinda sanoat, ta’lim, fan va amaliyot hamkorligi hamda integratsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Ichki Mo‘g‘uliston fan va texnologiyalar universiteti o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va zamonaviy ta’lim loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Universitet vakillari Chanchun fan va texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim aloqalarini rivojlantirish, xorijiy talabalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar “4+0” qo‘shma ta’lim dasturi to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu hujjat talabalarga to‘rt yillik o‘qishning barchasini O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari standartlari asosida Xitoyda o‘tash imkonini ko‘zda tutadi.
Dasturda ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishni 2027-yilning iyun oyidan boshlash rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


