O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hududlararo hamkorlik kengaymoqda

Sentabr 19, 2026. 16:30 • 2 daq

90

CHANSHA,-19-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Xitoyning Chansha shahrida «Xunan provinsiyasining xalqaro birodar shaharlari va hamkor hududlari — 2026» hamkorlik muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xunan provinsiyasi Xalq hukumati ko‘magida tashkil etilgan tadbirda 28 ta mamlakatdan davlat organlari, savdo-sanoat uyushmalari va kompaniyalar vakillari hamda diplomatik korpus a’zolari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jahongir Mamajonov qutlov so‘zi bilan chiqish qildi. Diqqat markazida O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘ldi.

Tadbir doirasida hududlar va biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirishga qaratilgan tarmoq uchrashuvlari, taqdimotlar va B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi Xunan provinsiyasining xorijiy hududlar bilan savdo-investitsiyaviy aloqalarini mustahkamlash, biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot uchun samarali maydon yaratish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Xitoy vakillari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish