O‘zbekistonning integratsiyalashgan AES loyihasi Londonda namoyish qilindi

Sentabr 18, 2026. 18:00 • 2 daq

107
O‘zbekistonning integratsiyalashgan AES loyihasi Londonda namoyish qilindi
O‘zbekistonning integratsiyalashgan AES loyihasi Londonda namoyish qilindi

LONDON, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi rahbari Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi delegatsiya Butunjahon yadro assotsiatsiyasining 51-simpoziumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Londonda bo‘lib o‘tgan anjumanda mamlakatimizning atom energetikasini rivojlantirish yo‘llari va o‘ziga xos integratsiyalashgan AES loyihasi xalqaro jamoatchilikka tanishtirildi.

Ushbu loyiha katta quvvatli VVER-1000 energobloklari va kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini o‘zaro birlashtirishni nazarda tutadi hamda respublikamizning energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning bu boradagi yondashuvini yuqori baholab, uzoq muddatli rejalar, qonunchilik bazasi va xorijiy tajribani jalb etish ishlarini alohida eʼtirof etdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon yadro universiteti rahbari Sam Bilbao-i-Leon, Fransiyaning “Orano” va Kanadaning “AtkinsRéalis” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi.

Shuningdek, Ruanda Atom energiyasi kengashi raisi va prezident maslahatchisi Lassina Zerbo bilan qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish