Qirg‘izistonda bo‘lajak prezidentlik saylovlariga nomzod ko‘rsatish muddati yakunlandi
Noyabr 13, 2026. 16:00 • 2 daq
• 43
BISHKЕK, 13-noyabr. / “Dunyo” AA/. Qirg‘izistonda 2027-yil 27-yanvarga belgilangan bo‘lajak prezidentlik saylovlariga nomzod ko‘rsatish muddati yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kabar” Qirg‘iziston milliy axborot agentligiga tayanib.
11 nafar fuqaro saylovda ishtirok etish niyatini bildirdi. Da’vogarlar orasida amaldagi prezident Sadir Japarov, tadbirkorlar Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov va Akay Qidirov, Moliya politsiyasining sobiq rahbari Siyimik Japikeyev, Jogorku Kenesh (parlament)ning sobiq deputatlari Isxoq Masaliyev va Baqitbek Qalmamatov bor.
Shuningdek, davlat rahbari lavozimiga Davlat migratsiya xizmatining sobiq raisi Baqitbek Adilov, “B-Oyl” kompaniyasi direktori Amur Ayba Meder, Markaziy saylov komissiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining sobiq rahbari Mambetjunus Abilov hamda Oliy sud Konstitutsiyaviy palatasining sobiq sudyasi Klara Sooronqulova ham da’vogarlik qilmoqda.
Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilar imzosini to‘plash 2026-yil 7-dekabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatga olinishi uchun har bir nomzod kamida 30 mingta imzo to‘plashi lozim.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni qabul qilish 12-noyabr kuni soat 24:00da yakunlandi, nomzodlarni ro‘yxatga olish esa 2026-yil 23-dekabrgacha davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi