Londonda O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida madaniyat sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

Sentabr 17, 2026. 15:30 • 2 daq

135
Londonda O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida madaniyat sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Londonda O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida madaniyat sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Londonda O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida madaniyat sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

LONDON, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya Britaniyaning madaniyat va sanʼat sohasidagi yetakchi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, delegatsiya aʼzolari Buyuk Britaniya Qirollik musiqa kolleji badiiy direktori Endryu Mur, Musiqa taʼlimi uyushmasi (Music Mark) bosh direktori Jennifer Maki hamda Musiqa industriyasi uyushmasi (UK Music) rahbari Tom Kil bilan muloqot qildi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda musiqa taʼlimi va industriyasini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, pedagog va mutaxassislar malakasini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy musiqa sanʼatini xalqaro maydonga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, akademik almashinuv va mahorat darslarini tashkil etish, iqtidorli yoshlar uchun taʼlim grantlari va stipendiya dasturlarini ishlab chiqish, bolalar musiqa taʼlimi sohasida zamonaviy va inklyuziv metodikalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik loyihalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, musiqa industriyasida mualliflik huquqi va royalti tizimini takomillashtirish, raqamli platformalarda o‘zbek milliy musiqasini targ‘ib qilish hamda xalqaro festivallar doirasida Britaniya musiqa sohasi vakillari bilan ijodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvlar yakunida mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tashabbus va loyihalarni ishlab chiqish hamda o‘zaro muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish