O‘zbekistonlik fermer Belarusda chorvachilik biznesini kengaytirmoqda

Sentabr 17, 2026. 16:00 • 2 daq

44
O‘zbekistonlik fermer Belarusda chorvachilik biznesini kengaytirmoqda

MINSK, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Belarus teleradiokompaniyasi0ning “NEWS BY” axborot portalida “O‘zbekistonlik fermer Belarus zaminida qanday qilib biznesini kengaytirmoqda?” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklikning jadal rivojlanishi nafaqat savdo, balki qishloq xo‘jaligi sohasida yirik investitsiyaviy va hududlararo loyihalarni amalga oshirish uchun ham yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Namangan viloyatida yashovchi Sanjar Madamovning Belarusning Vitebsk viloyatidagi fermer xo‘jaligi samarali kooperatsiyaning yorqin namunasi bo‘ldi. Dastlab to‘qimachilik sohasida biznes qilishni rejalashtirgan tadbirkor hududning yuqori agrar salohiyati va resurs bazasini baholab, o‘z faoliyatini chorvachilikka yo‘naltirdi.

Hozirda xo‘jalik 400 gektardan ortiq ijaraga olingan yerdan foydalanmoqda. Qo‘ylar soni 100 boshdan 1200 boshga yetdi. Yaqinda Namangan viloyati delegatsiyasining fermaga tashrifi chog‘ida 2028-yilgacha qo‘ylar bosh sonini 5 mingtaga yetkazish, o‘zbekistonlik investorlarning hududdagi bo‘sh ishlab chiqarish quvvatlarini ijaraga olishdagi ishtiroki bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Istiqbolda fermer agroekoturizm va yilqichilikni ham rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Portalda taʼkidlanishicha, ushbu loyihaning muvaffaqiyati ikki mamlakat iqtisodiyotlarining bir-birini to‘ldirishi, mahalliy darajada tadbirkorlik tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi hamda O‘zbekiston va Belarus xalqlari o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stona aloqalar mustahkamlanganidan dalolat beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish