Guanchjou avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi

Sentabr 17, 2026. 14:30 • 57 soniya

Guanchjou avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi
Guanchjou avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi
Guanchjou avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi
Guanchjou avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi

GUANCHJOU, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Xitoyning Guanchjou shahri jamoat transporti avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab bezatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu maxsus bezatilgan avtobuslar bir oy davomida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobuslarning tashqi dizaynida mamlakatimizning qadimiy shaharlari, noyob meʼmoriy yodgorliklari va turistik salohiyatini ifodalovchi tasvirlar o‘rin olgan.

Mustaqillikning 35 yilligi va “Visit Uzbekistan” ramzlari orqali keng jamoatchilik eʼtibori O‘zbekistonning muhim tarixiy sanasi hamda boy madaniy merosiga qaratilmoqda.

Guanchjou aholisi va shahar mehmonlari ilk marotaba tashkil etilgan ushbu tadbirni ijobiy qarshi olib, O‘zbekiston haqida yanada ko‘proq maʼlumot olishga qiziqish ortayotganini taʼkidladi.

Bu kabi targ‘ibot kampaniyalari mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlarini keng ommalashtirishning o‘ziga xos va samarali usuli ekani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish