Londonda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Britaniya bozorida olib kirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

Iyul 29, 2026. 10:30 • 2 daq

26

LONDON, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. Londonda O‘zbekistonning eksport salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va O‘zbekiston “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamkorligida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalari, Buyuk Britaniyaning yetakchi importyorlari, distribyutorlari, logistika va konsalting kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Dasturning birinchi qismi amaliy seminar-trening shaklida o‘tdi. Unda “New Spitalfields Market Tenants‘ Association”, “Haldiram Overseas Limited”, “QTC Consultant”, “Best Produce International UK”, “PML Seafrigo” va “WANIS International Foods” kompaniyalari rahbarlari hamda xalqaro ekspertlar Britaniya bozoriga kirish strategiyalari, eksport talablari, mahsulotlarni bozorda to‘g‘ri joylashtirish va samarali savdo tarmoqlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Forumning ikkinchi qismida B2B formatida muzokaralar o‘tkazildi. Unda 60 nafardan ortiq britaniyalik importyor va distribyutorlar, jumladan “Meypal”, “Luviland”, “Labriz Foods”, “Saffron Direct”, “Nutland”, “Pancham Foods”, “Commexpo”, “Fresh4You” va “RBF Cargocare” kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Muloqotlar davomida o‘zbekistonlik eksportchilar bilan yangi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mahsulotlar yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati afzalliklari namoyish etildi.

Muzokaralar yakunida o‘zbekistonlik eksportchilar va britaniyalik hamkorlar o‘rtasida yangi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahsulotlar yetkazib berish hajmini kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish