Madrid va Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi

Iyun 13, 2026. 12:30 • 2 daq

18
Madrid va Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi
Madrid va Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi
Madrid va Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi
Madrid va Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi

MADRID–BARSELONA, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Madrid va Barselona shaharlarida O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rektorlar forumi ikki mamlakat universitetlarining 100 nafardan ortiq vakilini, shu jumladan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining 30 nafarga yaqin rektorini birlashtirdi.

Yalpi majlislar va munozaralar davomida ishtirokchilar yuqori malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talaba va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ikki davlat ilmiy-ta’lim hamjamiyatlari o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

Muloqotlarda akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini hayotga tatbiq etish, qisqa muddatli stajirovkalar, o‘zaro ma’ruzalar, seminar va mahorat darslarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Ispaniya universitetlari rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar jarayonida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Akademik va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba almashishni nazarda tutuvchi qator hamkorlik bitimlari ham imzolandi.

Anjuman qatnashchilari oliy ta’lim sohasidagi O‘zbekiston–Ispaniya hamkorligining imkoniyati yuqori ekanini qayd etib, ikki mamlakat universitetlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish