“Infora News”: Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyoning iqtisodiy imkoniyatini namoyish etuvchi yetakchi platformaga aylanmoqda
Iyun 13, 2026. 12:00 • 2 daq
• 6
ISLOMOBOD, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Infora News” elektron nashrida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada joriy yilning 16–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning asosiy investitsiya platformasi sifatida nom qozongani alohida qayd etilgan.
“Forumning asosiy g‘oyasi – O‘zbekiston nafaqat kapital jalb qila oladigan, balki Markaziy Osiyoning iqtisodiy rivojlanishida uzoq muddatli qoidalar va yo‘nalishlarni belgilay oladigan mintaqaviy investitsiya markazi maqomini mustahkamlashdan iborat”, – deyiladi materialda.
Ta’kidlanganidek, Toshkent xalqaro investitsiya forumining ahamiyati nafaqat uning ko‘lami, balki ishtirokchilar uchun amaliy qiymati bilan ham belgilanadi. Mazkur forum davlat va hukumat rahbarlaridan tortib, xalqaro moliya institutlari, suveren fondlar va yirik korporatsiyalar vakillarigacha bo‘lgan asosiy iqtisodiy va siyosiy qaror qabul qiluvchi shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini taqdim etadi.
Forum davlat, investorlar va biznes bir makonda jamlanadigan noyob muhitni shakllantirmoqda, bu esa umumiy muhokamalardan aniq hamkorlik formatlariga o‘tish imkonini beradi. TIIF doirasida B2B va B2G formatidagi uchrashuvlari faol rivojlantirilmoqda, ular investitsiya kelishuvlarini tuzish va yangi loyihalarni ishga tushirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Nashrda 2025-yilda bo‘lib o‘tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari ham tahlil qilingan. “TIIF-2025” yakunlari davlat tuzilmalari, moliyaviy institutlar va global biznes vakillari tomonidan keng xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi