Maskatda O‘zbekiston va O‘mon madaniy aloqalariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi

Noyabr 05, 2026. 19:20 • 2 daq

• 36

MASKAT, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. Sulton Qobus Bosh masjidida ikki mamlakatning boy ilmiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – O‘mon: madaniy aloqalar” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘mon Sultonligi Vaqflar va diniy ishlar vaziri Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariy, ilmiy doiralar, diplomatik korpus hamda o‘zbek diasporasi vakillari, jamoat arboblari va ekspertlar ishtirok etdi.

Simpozium Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimiz elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini qayd etib, ma’naviy qadriyatlar mushtarakligi hamda O‘zbekiston va O‘monning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida Islom sivilizatsiyasi markazining ko‘rgazmasi taqdim etildi. Ikki mamlakat olimlari o‘rtasida ilmiy munozaralar o‘tkazilib, O‘monning yetakchi madaniy-ma’rifiy muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov O‘mon Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi raisi Hamad bin Muhammad Az-Zuvayyoniy hamda Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi bosh kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, safar dasturidan O‘mon Milliy muzeyi, “Bayt az-Zubayr” muzeyi va “O‘mon asrlar osha” muzeyiga tashriflar ham o‘rin oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish