TIVda Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
May 21, 2026. 20:25 • 2 daq
• 48
TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti bosh direktori Mark Smit bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, suv resurslarini samarali boshqarish, irrigatsiya sohasini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston va Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va taʼlim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston va Avstraliya yetakchi kompaniyalari qo‘shma loyihalarni kengaytirishdan manfaatdor



