TIVda Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oktabr 06, 2026. 19:55 • 43 soniya

• 5
TIVda Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev bugun Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston–Bangladesh ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish