O‘zbekiston diplomatlari Fransiyada og‘ir vaziyatda qolgan vatandoshimizning yurtimizga qaytishiga ko‘maklashdi

Oktabr 08, 2026. 09:30 • 57 soniya

• 70
O‘zbekiston diplomatlari Fransiyada og‘ir vaziyatda qolgan vatandoshimizning yurtimizga qaytishiga ko‘maklashdi

PARIJ, 8-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Fransiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshimizning yurtimizga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hamyurtimiz Sh.A. Yevropaga yuk avtomobili haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borish uchun borgan. U Fransiyada bo‘lib turgan paytida sog‘lig‘i keskin yomonlashib, Tur shahridagi shifoxonaga yotqizilgan va u yerda uzoq vaqt davolangan.

U shifoxonada bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonning Fransiyadagi diplomatik missiyasi hamyurtimiz hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatib, zarur ko‘mak ko‘rsatdi.

Vatandoshimizning sog‘lig‘i yaxshilangach, u eson-omon O‘zbekistonga olib kelindi. U endilikda oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklab, keyingi muolajalarini davom ettiradi.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi xorijdagi vatandoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish