TIVda Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sentabr 18, 2026. 21:30 • 44 soniya

87
TIVda Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 18-sentyabr. / “DunyoAA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokidagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surish va muntazam aloqalarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish