O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Hindistonning yetakchi kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

May 20, 2026. 14:55 • 2 daq

22
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Hindistonning yetakchi kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Hindistonning “Adani Grup” kompaniyasi xalqaro energetika bo‘yicha bosh ijrochi direktori Amit Singh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda gidroenergetika, tog‘-kon sanoati, infratuzilma va ko‘chmas mulk sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. Hindiston tomoniga keyinchalik birgalikda ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Hindiston vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilgan investitsiyaviy imkoniyatlarni yuqori baholadi hamda turli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda ilgari surish va kelgusidagi sheriklik mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

“Adani Grup” Hindistonning eng yirik konglomerati hisoblanib, portlar va logistika, elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda uzatish, qayta tiklanuvchi energetika, shahar gaz taʼminoti, aeroportlar va sanoat xomashyosi kabi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish