Niderlandiyada o‘zbek adibining yangi kitobi chop etildi

May 20, 2026. 14:25 • 55 soniya

61
Niderlandiyada o‘zbek adibining yangi kitobi chop etildi

AMSTERDAM, 20-may. /“Dunyo” AA/. Niderlandiyada yashab, ijod qilayotgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Sharifjon Ahmadning yangi kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ming bir kitob” deb nomlangan ushbu asar o‘quvchini bolalik xotiralari, oddiy quvonchlar va hayotiy saboqlar olamiga olib kiruvchi samimiy va iliq hikoyadir. Muallif qishloq hayoti muhiti, oilaviy qadriyatlar va beg‘ubor bolalikni alohida mehr bilan tasvirlaydi.

Sharifjon Ahmad jahon adabiyoti tadqiqotchisi va tarjimoni sifatida ham tanilgan bo‘lib, uning yangi asari zamonaviy o‘zbek madaniyatini xorijda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Ushbu kitobni ingliz va golland tillariga tarjima qilish ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali asarni kengroq xalqaro auditoriyaga tanitish maqsad qilingan.

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi Elchixonasi muallifni yangi kitob bilan tabriklaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish