Xorazm delegatsiyasi Afg‘onistonda yangi hamkorlik shartnomalarini imzoladi
Oktabr 02, 2026. 12:00 • 2 daq
• 232MOZORI SHARIF, 2-oktabr. /“Dunyo” AA/. Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Duschanov boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiyaning Afg‘onistonga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida Balx va Jauzjon viloyatlari markazlari – Mozori Sharif va Shibirg‘on shaharlarida biznes-forum hamda O‘zbekiston–Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlarda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, oziq-ovqat, don va un, qurilish materiallari, gilamchilik kabi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda Xorazm viloyati va Afg‘oniston hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Biznes-forumlar doirasida ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. B2B formatidagi muzokaralarda turli yo‘nalishlarda yangi hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Tashrif yakunida hamkorlikni izchil davom ettirish, investitsiya loyihalarini muhokama qilish maqsadida Balx va Jauzjon viloyatlari tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning noyabr oyida Xorazm viloyatiga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu tashrif O‘zbekiston va Afg‘oniston hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



