Logo

Ramazon va Navro‘z arafasida Tyumendagi vatandoshlar jam bo‘ldi

Mart 16, 2026. 16:45 • 2 daq

238
Ramazon va Navro‘z arafasida Tyumendagi vatandoshlar jam bo‘ldi

TYUMEN, 19-mart. /“Dunyo” AA/. Mamalakatimizning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Tyumen shahridagi “Gold siti” restoranida vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsuli Jahongir Parmanov so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizni muborak Ramazon oyi hamda kirib kelayotgan bahor ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami bilan qutladi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakili, Toshkent shahridagi “Baland” masjidi imom-xatibi Aʼzamjon Ergashev muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati borasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Vatandoshlarga birdamlik, hayotga faol yondashuv va o‘z vatanida uzoqda milliy anʼanalarimizni saqlab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda insonparvarlik tamoyillariga asoslangan tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti hukm surayotgani alohida qayd etildi.

Hamyurtlarga islom dinining jamiyatimizda tutgan o‘rni hamda madaniyatimiz, urf-odatlarimizni o‘zida aks ettirgan adabiyotlar, jurnallar va tarqatma materiallar tuhfa qilindi.

Iftorlikda o‘zbek milliy taomlari tortildi. Vatandoshlar masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, davlatning doimiy eʼtibori va g‘amxo‘rligini his qilayotganini taʼkidlab, xalq manfaati yo‘lidagi bunday tashabbuslar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Ishtirokchilar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar bardavom bo‘lishini tilab duo qilishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish