Logo

Qozog‘istonning Atirau va Oqtov shaharlarida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot o‘tkazildi

Aprel 18, 2026. 12:00 • 2 daq

88
Qozog‘istonning Atirau va Oqtov shaharlarida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot o‘tkazildi
Qozog‘istonning Atirau va Oqtov shaharlarida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot o‘tkazildi
Qozog‘istonning Atirau va Oqtov shaharlarida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot o‘tkazildi

OQTOV, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida Qozog‘istonning Atirau va Oqtov shaharlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirlar X.Dosmuxamedov nomidagi Atirau universiteti hamda Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy texnologiyalar va injiniring universitetida bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar davomida talabalarga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, yangi loyihalar hamda Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda yoshlarga yurtimizda keng ommalashayotgan “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “Uzchess” va “Kreativ park”kabi innovatsion loyihalar taqdimot qilindi. Ta’lim jarayonida va ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh talabalarga O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning ushbu oliygohlarida vatandoshlarimiz asosan turizm, AKT, iqtisodiyot, texnika va yurisprudensiya yo‘nalishlarida bilim olmoqda. Shu sababli, uchrashuv doirasida xorijiy diplomlarni O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish tartibi bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi.

Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan talabalarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Yoshlarga Qozog‘iston migratsiya qonunchiligining o‘ziga xos jihatlari yuzasidan zarur konsullik maslahatlari berildi.

Bu kabi tadbirlar xorijdagi o‘zbek yoshlarining huquqiy himoyasini ta’minlash va ularni Vatan atrofida jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish