Logo

Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi

Dekabr 08, 2025. 12:22 • 59 soniya

111
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi

REDA, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan sayohatchi-spiker Kshishtof Kriger bilan hamkorlikda Pomeraniya voyevodligining Reda shahrida “O‘zbekiston – Ipak yo‘li bo‘ylab” nomli tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur uchrashuvda ushbu shahar maʼmuriyati, mahalliy madaniy-gumanitar muassasalar vakillari, Polsha amaliy sanʼat ustalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Kshishtof Kriger tomonidan Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy obidalar, ularning jahon madaniy merosidagi o‘rni, Nukus shahri va Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan ekoturizm tashabbuslari, ekologik islohotlar hamda zamonaviy turistik loyihalar haqida keng qamrovli maʼlumotlarni qamrab olgan taqdimot taqdim etildi.

Tadbirda o‘zbek xalqining madaniy anʼanalari va turizm imkoniyatlarini yorituvchi ko‘rgazma burchagi tashkil etdi. Mehmonlarga milliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari, anʼanaviy naqqoshlik va ipakchilik mahsulotlari, o‘zbek xalqi urf-odatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar namoyish etildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston tarixi, madaniyati va turizm sohasidagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot materiallari –bukletlar, flayerlar va maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

Tadbir mamlakatimizning madaniy merosini xorijda targ‘ib qilish, turistik salohiyatini keng namoyish qilish va O‘zbekiston–Polsha o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari – osh, somsa va turli shirinliklar tortiq etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish