Rossiyada Davlat dumasiga saylovning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Sentabr 20, 2026. 14:00 • 56 soniya

42
Rossiyada Davlat dumasiga saylovning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda

MOSKVA, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Rossiyada 18-sentabr kuni boshlangan Davlat dumasi (parlament) deputatlari saylovining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “RIA Novosti”ga tayanib.

Federal byulletenga 10 ta partiya kiritilgan: “Yagona Rossiya”, LDPR, “To‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya partiyasi”, “Yashillar”, “Adolatli Rossiya”, “Vatan”, KPRF, “Pensionerlar partiyasi”, “Rossiya kommunistlari” va “Yangi odamlar”.

Yagona ovoz berish kuni doirasida jami turli darajadagi 2,2 mingdan ortiq saylov kampaniyalari o‘tkazilmoqda. Rossiyaliklar 20,7 mingga yaqin deputat va ma’muriyat rahbarlarini saylamoqda. 

Rossiyada 111 milliondan ortiq fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Xorijdagi 152 ta davlatda 333 ta saylov uchastkasi ochilgan, jumladan, O‘zbekistonda ham. 

Saylov uchastkalarida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da yakunlanadi.

“RIA Novosti” surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish