Shvetsiyada vatandoshimiz tashabbusi bilan “Woman World Global – Sweden” xalqaro tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

Avgust 19, 2026. 15:00 • 2 daq

25
Shvetsiyada vatandoshimiz tashabbusi bilan “Woman World Global – Sweden” xalqaro tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi
Shvetsiyada vatandoshimiz tashabbusi bilan “Woman World Global – Sweden” xalqaro tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi
Shvetsiyada vatandoshimiz tashabbusi bilan “Woman World Global – Sweden” xalqaro tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

STOKGOLM, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyada vatandoshimiz Ozoda Islomova tashabbusi bilan “Woman World Global – Sweden” tashkiloti rasman ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tuzilma turli mamlakatlar, madaniyatlar va kasb sohalaridagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro platforma vazifasini bajaradi.

Tashkilot muassisi Ozoda Islomovaning taʼkidlashicha, “Woman World Global – Sweden”ning tashkil etilishi xalqaro ayollar hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni ochadi hamda Shvetsiya, O‘zbekiston, Turkiya, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barqaror aloqalarni shakllantirishga qaratilgan.

Tashkilotning asosiy missiyasi ayollarning taʼlimi va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ayollar yetakchiligi va tadbirkorligini mustahkamlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlashdan iboratdir.

— Biz “Woman World Global – Sweden” shunchaki tashkilot emas, balki xotin-qizlar, jamiyatlar va mamlakatlar o‘rtasidagi haqiqiy ko‘prik — yangi bilimlar, imkoniyatlar, sheriklik va xalqaro tashabbuslar tug‘iladigan maydonga aylanishiga intilamiz. Ilk tadbirimiz joriy yilning 15–16-avgust kunlari Lund shahrida bo‘lib o‘tgan “Torg” madaniyatlararo festivalida O‘zbekiston va uning boy madaniyati taqdimoti bilan ishtirok etish bo‘ldi, — deydi Ozoda Islomova.

Kelgusi bosqichda tashkilot Shvetsiyada va undan tashqarida hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, davlat va jamoat tashkilotlari, universitetlar hamda xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yevropa va xalqaro grant dasturlari uchun loyihalar tayyorlashga eʼtibor qaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish