Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

Noyabr 02, 2026. 16:30 • 3 daq

• 125
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi
Sietlda O‘zbekiston–AQSh sun’iy intellekt hamkorligining yangi istiqbollari muhokama qilindi

SIETL, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida sun’iy intellekt sohasida tajriba almashishga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Bosh konsulxona, Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi, “IT Park Uzbekistan” hamda Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi (WDTA) tomonidan tashkil etildi. Unda texnologiya sohasi, universitetlar, investitsiya hamjamiyati va davlat hokimiyati idoralari vakillari ishtirok etdi.

“Microsoft” va “Meta” kompaniyalari mutaxassislari, Garvard, Vashington va Shimoli-Sharqiy universitetlar, Sietl ma’muriyati hamda innovatsion kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi ushbu tadbir ahamiyatini yanada oshirdi. Forum “Seattle AI Week” doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSh texnologik sherikligi istiqbollari, kadrlar tayyorlash, startaplarni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish va amaliy SI yechimlarini joriy qilish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari maslahatchisi, Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi kotibiyati boshlig‘i Nozima Davletova mamlakatimizda raqamli rivojlanish sohasidagi islohotlar haqida alohida so‘z yuritdi. 

U O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamda investitsiya aloqalari jadal rivojlanayotgani, ikki mamlakatdagi manfaatdor tashkilotlarning amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda kengashning imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Bosh konsul Axror Burxanov O‘zbekistonning AQSh Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasi bilan hamkorligini mustahkamlash borasida fikr yuritdi. Bosh konsulxonaning mintaqadagi texnologik kompaniyalar, universitetlar va tadbirkorlik hamjamiyatlari bilan aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi.

“IT Park Uzbekistan” vakili Ruslan Yapparov milliy IT-ekotizimning rivojlanishi va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha taqdimot qildi. Taqdimotda yetakchi SI kompaniyalari ishtirokida yoshlarni o‘qitish, hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish va o‘zbek startaplarini xorijiy bozorlarga olib chiqish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

WDTA ijrochi raisi Yel Li O‘zbekistonning Markaziy Osiyoni AQShning ilg‘or innovatsion ekotizimlari bilan bog‘lovchi texnologik markaz sifatidagi imkoniyati haqida gapirdi. U sun’iy intellektni rivojlantirish va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

“Permira” katta maslahatchisi, “Microsoft”ning dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar yo‘nalishi bo‘yicha sobiq prezidenti Juliya Lyuson zamonaviy SI vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va ta’lim dasturlarini yangilash haqida so‘z yuritdi.

Sietl shahrining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Shennon Smit munitsipal xizmatlarni takomillashtirish, qurilish bilan bog‘liq tartib-taomillarni soddalashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda SIdan foydalanish tajribasini taqdim etdi. Sietl va Toshkent o‘rtasida raqamli shahar boshqaruvi sohasida tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Panel muhokamalarida ishtirokchilar universitet inkubatorlarini rivojlantirish, startap dasturlarini yo‘lga qo‘yish va mutaxassislar tayyorlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Forum yakunida O‘zbekistonning Vashingtondagi Bosh konsulxonasi va WDTA texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. 

Ushbu hujjat tajriba almashish, universitetlar, kompaniyalar va davlat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston ishtirokida ta’lim tashabbuslari va sinov loyihalarini o‘rganishni nazarda tutadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish