O‘zbekiston va Vengriya universitetlari arxitektura va qurilish sohasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
Noyabr 01, 2026. 14:00 • 51 soniya
• 105
BUDAPESHT, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Vengriyaning Ishtvan Secheni universiteti o‘rtasida onlayn-muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar arxitektura, qurilish, muhandislik va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda qo‘shma ilmiy-ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, talabalar va o‘qituvchilar akademik mobilligini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida muntazam oliygohlararo aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi