O‘zbekiston Xitoyning Futszyan provinsiyasi bilan shaharsozlik sohasida hamkorlikni kengaytmoqda
Noyabr 09, 2026. 15:00 • 2 daq
• 67FUTSZYAN, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida respublika Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va qurilish vazirligi delegatsiyasi uchun Xitoyning Futszyan provinsiyasida qator ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Fuchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaharlar forumi doirasida O‘zbekiston vakillari xitoylik mutaxassislarning yomg‘ir suvlarini cig‘imlarda yig‘ish va saqlash, oqova suvlarni tozalash inshootlari hamda shahar ko‘llarining ekologik holatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Sohaviy tashkilotlar va ekspertlar davra suhbati formatida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda Xitoyning ilg‘or texnologiyalari va tajribasini joriy etish masalalarini ishlab chiqish, iqtisodiy tadbirlarda delegatsiyalarning o‘zaro ishtirokini ta’minlash hamda biznes-missiyalar seriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Futszyan provinsiyasi hukumatining Tashqi ishlar kanselyariyasi, Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi va Savdo departamenti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar hududlararo hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlar rejasini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.
Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Futszyan o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, shaharsozlik va infratuzilma sohasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



