O‘zbekiston va Turkiya atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi

Noyabr 10, 2026. 13:00 • 2 daq

• 63
O‘zbekiston va Turkiya atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi

ANTALIYA, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston va Turkiya Antaliya shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31-konferensiyasi (COP31) doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hujjat Antaliyada COP31 raisi, Turkiya atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum hamda O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov o‘rtasidagi uchrashuvda imzolangan.

Bitim iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, havo va suv ifloslanishining oldini olish, chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish hamda sirkulyar (aylanma) iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Murat Kurum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mazkur hujjat ikki mamlakat hamkorligi uchun mustahkam poydevor yaratishini ta’kidlagan. “Antaliyada mustahkamlangan ushbu sheriklik davlatlarimiz va umumiy kelajagimiz manfaatlariga xizmat qiladi, degan umiddaman”, – deya fikr bildirgan vazir.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish