Tehronda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
Avgust 17, 2026. 23:00 • 2 daq
• 16
TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Tehron shahrida O‘zbekiston va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev, Eron delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Majid Taxti-Ravonchi rahbarlik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-tranzit aloqalarini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam siyosiy muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
“Dunyo” AAolgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi