Xvan Ki Yon: Yillar o‘tgan sari O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarimiz yana-da mustahkamlanib bormoqda

Avgust 18, 2026. 12:00 • 2 daq

12
Xvan Ki Yon: Yillar o‘tgan sari O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarimiz yana-da mustahkamlanib bormoqda

SEUL, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasi Eksport-import banki raisi Xvan Ki Yon mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:

– O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llayman va O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmatimni izhor etaman.

O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ulkan iqtisodiy taraqqiyotga erishdi. Koreya Respublikasi Eksport-import banki ushbu muhim taraqqiyot yo‘lida O‘zbekiston bilan birga bo‘lganini yuksak qadrlayman.

Koreya Respublikasi Eksport-import banki va O‘zbekiston uzoq yillik o‘zaro ishonch asosida transport, energetika, sog‘liqni saqlash, sanoat infratuzilmasi kabi turli sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Yillar o‘tgan sari hamkorlik munosabatlarimiz yanada mustahkamlanib bormoqda.

Bundan buyon ham Koreya Respublikasi Eksport-import banki O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ishonchli hamkori va mamlakatlarimizni bog‘lab turuvchi mustahkam ko‘prik sifatida O‘zbekistonning barqaror o‘sishi va kelgusi farovonligi yo‘lida hamkorlik qilishda davom etadi.

O‘zbekiston xalqining mustahkam sog‘lig‘i va baxt-saodatini, mamlakatning yanada yuksak taraqqiyoti va ravnaqini chin qalbimdan tilayman.

O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish