Omskdagi yong‘inda jarohat olgan hamyurtlarimiz davolanishni mahalliy shifoxonada davom ettiradi

Avgust 18, 2026. 12:30 • 56 soniya

14
Omskdagi yong‘inda jarohat olgan hamyurtlarimiz davolanishni mahalliy shifoxonada davom ettiradi

OMSK, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. 15-avgust kuni “Kvartali Dravert” mavzesida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jarohat olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi I.Z. va O.E. davolanishni Omskdagi shifoxonalardan birida davom ettiradilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda fuqarolarimizning ahvoli xavotir uyg‘otmaydi va ularning hayotiga xavf yo‘q.

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan hamyurtlarimiz davolanayotgan Omsk shifoxonasi rahbariyatiga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi hamda barcha migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak berildi.

Yeslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Aslam Akbarov Omsk shahridagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga tashrif buyurib, jarohatlangan vatandoshlarimiz holidan xabar olgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish