O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga intilishlarini tasdiqladilar
Fevral 12, 2026. 00:50 • 35 soniya
• 107
TOSHKENT, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful janoblari bilan strategik hamkorligimizni kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha muzokaralar olib bordik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Savdo, energetika va mintaqaviy barqarorlik kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, bo‘lajak sammitlar va O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashi kabi tashabbuslar orqali iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidladik.
Hamkorligimizni yanada ilgari surishni hamda yaqin kelajakda hamkasbimni Toshkentda qutlashni intiqlik bilan kutamiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
