Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi Parlamentlararo” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi
Fevral 12, 2026. 01:10 • 35 soniya
• 88
TOSHKENT, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Eduard Stiprays bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduard Stiprays janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Samarqand va Bryussel sammitlari O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi strategik sherikligida yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdik.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi Parlamentlararo” birinchi sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdik hamda Toshkent shahrida Yevropa investitsiya bankining Mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqich ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
