Xitoyning yirik kompaniyasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga 3,5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi 

Iyun 15, 2026. 17:00 • 2 daq

28

SHANXAY, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning “Zhongjin Guantai Industrial Development Co., Ltd.” kompaniyasi raisi Chjen Szyanlun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy tomoni O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish va uzoq muddatli strategik hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Kompaniya rahbariyati tomonidan O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, yangi energetika sohasiga 1 milliard dollar, tog‘-kon sanoatiga 2 milliard dollar, infratuzilma va turizm tarmoqlariga esa 300–500 million dollar miqdorida investitsiya kiritishga tayyorligi haqidagi rasmiy maktub topshirildi.

Chjen Szyanlunning ta’kidlashicha, kompaniya vakillari O‘zbekiston bozorini o‘rganib chiqqan hamda yangi energetika obyektlari va infratuzilma qurilishi sohasidagi imkoniyatlarni yuqori baholagan. Guruh Xitoyning ilg‘or texnologiyalariga tayanib, mamlakatimizda shamol va quyosh energetikasi obyektlarini qurish, elektr tarmoqlari va ko‘mir sanoati infratuzilmasini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Shuningdek, Xitoyning yetakchi tog‘-kon kompaniyalari bilan hamkorlikda oltin, mis va strategik mineral resurslarni qazib olishga yo‘naltirilgan o‘nlab milliard yuan miqdoridagi global investitsiya fondini tashkil etish hamda O‘zbekistondagi yer osti boyliklarini o‘zlashtirish loyihalarida faol ishtirok etish rejalashtirilmoqda.

Kompaniya O‘zbekiston hududida kommunal va yo‘l-transport infratuzilmasi, sanoat parklari hamda sayyohlik obyektlarini barpo etishga qaratilgan loyihalarga ham katta qiziqish bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish