Islomoboddan munosabat: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Iyun 21, 2026. 12:00 • 3 daq
• 109
ISLOMOBOD, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Pokistondagi “Umumiy kelajak jamiyati” tahliliy markazi ijrochi direktori Xolid Taymur Akram “Dunyo” AAga 16–18-iyun kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xalqaro investorlar forumining navbatdagi yalpi yig‘ilishi mamlakatning investitsiya siyosatidagi izchillik va ochiqlikni yana bir bor namoyon etdi. Ushbu tadbir nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi holatini, balki uning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasini ham xalqaro biznes hamjamiyatiga yaqqol namoyon qildi.
Davlat rahbari o‘z nutqida investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvini raqamlashtirish hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu yondashuv zamonaviy global iqtisodiyotning asosiy talablariga to‘liq javob beradi.
Ayniqsa, xorijiy sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot formati yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga loyiq. Investorlarning taklif va muammolarini to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat rahbariyati darajasida muhokama qilish amaliyoti ishonch muhitini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa xalqaro biznes uchun barqaror va prognoz qilinadigan investitsiya muhitini shakllantirishga yordam beradi.
O‘zbekistonning sanoatni modernizatsiya qilish, “yashil” energetikani rivojlantirish, transport-logistika infratuzilmasini kengaytirish va inson kapitaliga sarmoya kiritish borasidagi ustuvor vazifalari mintaqaning iqtisodiy kelajagini belgilab beruvchi muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Pokiston nuqtayi nazaridan qaraganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini qo‘shma tarzda amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi.
Biz O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, o‘zaro bog‘liqlikni oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Xorijiy investorlar kengashi doirasida ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga, balki butun Yevroosiyo makonida investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlar siyosati O‘zbekistonni xalqaro investitsiyalar uchun jozibador markazga aylantirishga xizmat qilishda davom etadi.
Pokiston ekspert doiralari mamlakatning ochiq, pragmatik va kelajakka yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatini yuqori baholaydi hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi