Xitoydan qutlov: Yangi O‘zbekistonning jadal rivojlanishda ishtirok etish biz uchun katta sharaf
Dekabr 30, 2025. 11:14 • 2 daq
• 94
PEKIN, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning nufuzli “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van Bo O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi:
– O‘tayotgan yil kompaniyamiz uchun juda sermahsul bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston bilan hamkorlikda yirik loyiha – Olimpiya stadioni qurilishini yakunladik.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli hamkorligimiz jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Olimpiya stadionining bunyod etilishi O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan eʼtiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Bunday maydonlar o‘zbek yoshlarining sport turlari bo‘yicha yanada katta natijalarga erishishida xizmat qiladi.
Yangi O‘zbekistonning jadal rivojlanish jarayonida ishtirok etish biz uchun katta sharaf. Ishonchim komilki, mamlakatingiz bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi. Biz yangi loyihalar va yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga doim tayyormiz.
So‘nggi yillarda “China CAMC Engineering” kompaniyasi O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi tarixiy yutuqlariga guvoh bo‘ldi. Mamlakatning xalqaro investitsiyalar uchun jozibadorligi ortib bormoqda. Bu, butun mintaqaning rivojlanish jarayonlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Joriy yilda O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadigan ikkita energetika loyihasiga sarmoya kiritdik.
Biz bundan keyin ham O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga, mamlakatni sanoat jihatidan rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va zamonaviy shaharlar qurilishiga ko‘maklashishga tayyormiz.
Kirib kelayotgan yangi 2026-yilda O‘zbekiston xalqiga ulkan muvaffaqiyat, tinchlik-omonlik va farovonlik tilayman!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi