Logo

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston yetakchisi 2026-yilda mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirishni taklif qildi

Dekabr 29, 2025. 10:13 • 48 soniya

127
Xitoydan munosabat: O‘zbekiston yetakchisi 2026-yilda mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirishni taklif qildi

PEKIN, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “Travel&Leisure” nashri bosh muharriri Yan Szipin O‘zbekiston Prezidentining parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilishni taklif etdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish doirasida mahallalarni rivojlantirish uchun davlat byudjetidan ko‘proq mablag‘ ajratiladi, chunki bu o‘zini o‘zi boshqarish instituti allaqachon o‘zini oqlagan.

Ularni obodonlashtirish, aholi hayotini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishga katta eʼtibor qaratiladi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda mahalla noyob jahon tajribasiga ega bo‘lib, odamlarning ahil yashashi va kamol topishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi.

Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning yildan-yilga muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganiga guvoh bo‘lmoqda. Mamlakatda zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or innovatsiyalardan faol foydalanilmoqda.

Shubhasiz, bunday natijalarga faqat o‘z xalqi farovonligi va mamlakat ravnaqini hamma narsadan ustun qo‘yadigan davlat rahbarining oqilona va strategik rahbarligi ostida erishish mumkin.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish