“WP Turystyka”: O‘zbekiston Polsha sayyohlari uchun tobora jozibador yo‘nalishga aylanmoqda
Sentabr 12, 2026. 15:30 • 2 daq
• 53
VARSHAVA, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. Polshaning “WP Turystyka” sayyohlik portalida O‘zbekiston sayyohlar uchun istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotgani haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, O‘zbekistonda turizmning jadal o‘sishi qayd etilib, 2025-yilda mamlakatga o‘tgan yilga nisbatan 46,8 foizga ko‘p sayyoh tashrif buyurgan.
Muallifning taʼkidlashicha, Polshaning LOT aviakompaniyasining amaldagi aksiyasi doirasida Toshkentga 2026-yil 1-noyabrdan 2027-yil 31-martgacha bo‘lgan parvozlar uchun chegirmali aviachiptalarni xarid qilish mumkin.
Maqolada Toshkent va Samarqandning sayyohlik salohiyati, tarixiy obidalari va Buyuk Ipak yo‘li merosiga alohida eʼtibor qaratilgan. Tabiiy diqqatga sazovor joylar orasida Chorvoq suv ombori, Chimyon tog‘lari, Ugom-Chotqol milliy bog‘i va Aydarko‘l nomlari keltirilgan.
Shuningdek, portalda Orol dengizining qurigan tubidagi mashhur kemalar qabristoniga ega Mo‘ynoqqa tashrif buyurish, O‘zbekistonning cho‘l landshaftlari bilan tanishish, tuyalarda sayohat qilish va anʼanaviy o‘tovlarda tunash xususida to‘xtalib o‘tilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi