Logo

O‘zbek diplomatlari Turkiyaning suzuvchi gaz qazib olish platformasida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

Mart 16, 2026. 16:39 • 2 daq

18
O‘zbek diplomatlari Turkiyaning suzuvchi gaz qazib olish platformasida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

ZONGULDAK, 16-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Turkiyaning Zonguldak viloyatidagi suzuvchi gaz qazib olish platformasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida diplomatlar fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mehnat va yashash sharoitlari, xavfsizlik talablariga rioya qilish, kasbiy majburiyatlarni bajarish jarayonini muhokama qildi. Vatandoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Diplomatik idora vakillari o‘zbekistonlik mutaxassislarning Turkiyadagi keng ko‘lamli energetika loyihalarida ishtirok etishi ularning yuqori kasbiy salohiyati va mehnatsevarligini namoyish etishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur hollarda ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish diplomatik missiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanishi qayd etildi.

Vatandoshlarga mehnat faoliyatining huquqiy jihatlari, xavfsiz ishlash qoidalari va diplomatik vakolatxona bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston fuqarolari e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirib, xalqaro energetika loyihalarida ishtirok etish muhim tajriba bo‘lib, yangi kasbiy imkoniyatlarni ochishini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish