Logo

O‘zbekiston BMT qo‘mitasiga irqiy kamsitishga qarshi xalqaro majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risida davriy maʼruza taqdim etdi

Aprel 23, 2026. 16:37 • 2 daq

63

JENEVA, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 21–22-aprel kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Irqiy kamsitishni tugatish qo‘mitasining 117-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentimiz yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, sessiya doirasida O‘zbekistonning Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini bajarishi yuzasidan XIII–XIV birlashgan davriy maʼruzalari ko‘rib chiqildi.

Delegatsiya aʼzolari tomonidan mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, kamsitishning barcha shakllariga qarshi kurashish va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar haqida axborot berildi. Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, institutsional mexanizmlarni kuchaytirish hamda amaliyotda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 1965-yil 21-dekabrdagi rezolyutsiyasi asosida qabul qilingan mazkur Konvensiya doirasidagi majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan Qo‘mitaga taqdim etilgan XIII–XIV birlashgan davriy maʼruzalar asosida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish