Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va TIKA agentligi vakolatxonasi rahbari 2026-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejalarini muhokama qildilar

Yanvar 16, 2026. 15:59 • 49 soniya

6
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va TIKA agentligi vakolatxonasi rahbari 2026-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 16-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova kecha Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Esin Ajar Ergin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekistonda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 2026 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va formatlarini izlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu nuqtai nazardan, taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga, jumladan, O‘zbekistondagi taʼlim tashabbuslariga turkiyalik o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishga, tajriba almashishga hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qiziqish bildirilgani taʼkidlandi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosini asrash va ommalashtirishga qaratilgan loyihalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish