Logo

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Dekabr 30, 2025. 18:27 • 2 daq

87
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. 30-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida 2025-yil yakunlari ko‘rib chiqildi va 2026-yilga mo‘ljallangan barcha yo‘nalishlarni qamrab oluvchi strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Ikki tomonlama hamkorlikning barqaror va izchil rivojlanishi, yuqori va oliy darajadagi muntazam va mazmunli aloqalarning saqlanishi, shuningdek, mintaqalararo sheriklikning sezilarli faollashuvi ijobiy baholandi.

Siyosiy dialog, savdo-iqtisodiy, investitsion hamda madaniy-gumanitar sohalarni o‘z ichiga olgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikning kengayishi, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi do‘stlik va o‘zaro ishonch, teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, tomonlarning asosiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, birgalikdagi rivojlanish, barqaror taraqqiyot va farovonlikka bo‘lgan umumiy intilishlar asosida izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Xitoy tomoni O‘zbekiston tomonidan tanlangan mustaqil milliy rivojlanish yo‘lini doimiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi va “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarini ilgari surishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zbekiston tomoni esa “Yagona Xitoy” tamoyilini, Xitoy Xalq Respublikasining hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish