Logo

O‘zbekiston YUNESKO ro‘yxatida eng ko‘p tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga ega bo‘lgan Osiyo mamlakati deb tan olindi

Yanvar 30, 2026. 17:39 • 56 soniya

38

KUALA-LUMPUR, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Malayziya poytaxtida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan roud-shou bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Malayziya sayyohlik kompaniyalari uyushmasi rahbariyati, turoperatorlar hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan Turizm qo‘mitasi vakili Bekzod Murodullayev yig‘ilganlarga mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida erishilgan so‘nggi yutuqlar, yangi marshrutlar va turistik obyektlar haqida maʼlumot berdi.

Shu bilan birga, turli sohalardagi erishilgan yutuq va natijalar, shuningdek, O‘zbekistonning “Asia Records” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan eʼtirof etilishi ishtirokchilarning alohida eʼtiborini tortdi.

Bosh qarorgohi Kuala-Lumpurda joylashgan ushbu tashkilot ilk marta yurtimizni YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Osiyodagi eng ko‘p tarixiy shaharlar va islomiy ziyoratgohlar mamlakati sifatida qayd etdi. Mahsus diplom O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillariga topshirildi.

Tadbir doirasida yuritimiz sayyohlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan sayyohlik yo‘nalishlari va “Umra +” dasturi bo‘yicha ziyorat safarlari uchun kompleks paketlar taqdim etildi. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi vakillari Malayziyadan kelgan yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va qulay tranzit almashinuvi haqida maʼlumot berdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish