O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi

May 18, 2026. 17:55 • 2 daq

6
O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi
O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi
O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi
O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi
O‘zbekiston jamoasi turk dunyosi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi

ISTANBUL, 18-may /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Gebze texnika universitetida turk dunyosi yoshlari uchun uchuvchisiz havo apparati (UAV/İHA) musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqa Gebze texnika universiteti hamda “TÜRKBİLTEK” – Turk dunyosi ilmiy va texnologik hamkorlik markazi tomonidan tashkil etildi.

Bellashuvda turkiy davlatlardan kelgan iqtidorli yoshlar va muhandislik hamda aviatsiya sohasida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston nomidan Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham faol qatnashdi. Ajablanarlisi shundaki, vakillarimiz bellashuvda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘oliblar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Sherzod Abdunazarov, Gebze texnika universiteti rektori professor Hoji Ali Mantar, Kojaeli savdo palatasi raisi Abdurrahmon Aslantash va Turk dunyosi yoshlar jamg‘armasi raisi Ramazan Izol tomonidan taqdirlandilar.

Bosh konsul so‘zlarida bugungi turkiy dunyo yoshlari jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlar – Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi mutafakkirlarning munosib avlodlari ekanini alohida taʼkidladi.

Ajdodlarimiz nafaqat Sharq, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga xizmat qilgan ilm-fan maktabini yaratgan. Bugungi kunda turkiy davlatlar yoshlari zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt, aviatsiya va robototexnika sohalarida ushbu buyuk merosni davom ettirmoqda.

Bunday musobaqalar turkiy dunyo yoshlarining o‘zaro yaqinlashuvi va tajriba almashuvi uchun muhim. Shu bilan birga, ular innovatsion g‘oyalarni birgalikda ishlab chiqish va kelgusida qo‘shma texnologik loyihalarni amalga oshirishda ham maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish