O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Iyun 11, 2026. 15:00 • 2 daq

127
O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

DOHA, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Doha fan va texnologiyalar universiteti («Doha University of Science and Technology») mas’ullari o‘rtasida onlayn muzokara bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida muhandislik, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, axborot texnologiyalari hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, talabalar va akademik xodimlar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, innovatsiyalarga asoslangan sheriklikni kengaytirish hamda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tomonlarning qat’iy intilishlari namoyon bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbuslar har ikki davlat vakillari uchun bilim va tajriba almashish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ta’lim sohasida barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish